Logo

Xitoydan tabrik: 2025-yil Xitoy–O‘zbekiston munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berdi

Dekabr 29, 2025. 19:10 • 51 soniya

112
Xitoydan tabrik: 2025-yil Xitoy–O‘zbekiston munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berdi

PEKIN, 29-dekabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Sun Lisze o‘zbek xalqini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi:

– Yaqinda Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishi ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdim. Bu sayohat menda chuqur taassurot qoldirdi. Shaharlarda tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, hamma joyda hamjihatlik, o‘zaro totuvlik muhiti hukm surmoqda, turli qurilish loyihalari shiddat bilan amalga oshirilmoqda.

Xitoy ishbilarmon doiralari O‘zbekistonda ko‘plab investitsiyaviy loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli ikki davlatning strategik sherikligi rivojlanmoqda. Bunday islohotlar nafaqat ikki mamlakat xalqlari uchun, balki butun mintaqa tinchligi, barqarorligi va ravnaqiga xizmat qiladi.

2025-yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, har tomonlama strategik sheriklik mustahkamlanmoqda, sarmoyaviy hamkorlik barcha sohalarda rivojlanmoqda. Ko‘plab xitoylik tadbirkorlar O‘zbekistonga sarmoya kiritish va biznes qilish uchun kelmoqda.

Kirib kelayotgan 2026-yil arafasida barcha O‘zbekiston fuqarolariga Yangi yil tabrigimni yo‘llayman. Chin dildan baxt-saodat, farovonlik va barcha ko‘zlangan maqsadlar ro‘yobini tilayman!

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish