“Qovun sayli” festivali Xorazmning polizchilik anʼanalari va sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda

Avgust 08, 2026. 15:30 • 2 daq

122

XIVA, 8-avgust. /“Dunyo” AA/. Xiva shahrida Xorazmning polizchilik anʼanalari, milliy madaniyati, gastronomiyasi va turizm salohiyatini o‘zida mujassam etgan “Qovun sayli — 2026” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi voqea joyidan “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda xorijiy sayyohlar, mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar va mahalliy aholi Xorazmda yetishtiriladigan 100 dan ortiq qovun navlari bilan tanishmoqda. Shuningdek, milliy taomlar va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazilib, folklor jamoalarining chiqishlari hamda tarixiy voqealarga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 22 ta tematik stend tashkil etilgan bo‘lib, ularda Xorazm viloyatining barcha tumanlari va yetakchi fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlari, anʼanaviy qovun navlari hamda zamonaviy yetishtirish texnologiyalarini taqdim etmoqda.

Shu bilan birga, polizchilik sohasidagi eng yaxshi natijalarni saralashga qaratilgan tanlov o‘tkazilmoqda. Unda mahsulot sifati va saqlanish darajasi, eksport ko‘rsatkichlari, qadimiy Xorazm navlarini qayta tiklash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish rentabelligi hamda eng shirin va ekologik toza qovun yetishtirish mezonlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Bundan tashqari, jurnalistlar va kontent yaratuvchilar uchun maxsus press-tur ham tashkil etilgan bo‘lib, uning ishtirokchilari hududning turistik maskanlari, polizchilik anʼanalari va agroturizm obyektlarini o‘rganmoqda.

“Qovun sayli — 2026” festivali Xorazmning ko‘p asrlik polizchilik anʼanalari, milliy madaniyati va gastronomik merosini keng targ‘ib qilish, shuningdek, hududning turistik salohiyatini xorijiy mehmonlarga tanitishga xizmat qiladi.

Festival 9-avgustga qadar davom etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish