Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tkazildi
Iyul 27, 2026. 19:31 • 51 soniya
• 107
TOSHKENT, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Finlyandiyaning yangi elchisi Yoxanna Mariya Ogrenni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Finlyandiya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Yoxanna Mariya Ogren xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – So‘nggi yillarda O‘zbekiston–Finlyandiya munosabatlari sezilarli darajada faollashmoqda.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish muhimligi qayd etildi.
Elchi xonimga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekiston–Finlyandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 26-fevralda o‘rnatilgan.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi