O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Gruziyaga jo‘nab ketdi

Iyul 02, 2026. 16:45 • 42 soniya

30
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Gruziyaga jo‘nab ketdi

TOSHKENT, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish