Saida Mirziyoyeva: Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeimizni saqlagan holda, Fransiya va Yevropa bilan sheriklikni yanada mustahkamlash niyatidamiz

Iyun 30, 2026. 09:30 • 58 soniya

168
Saida Mirziyoyeva: Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeimizni saqlagan holda, Fransiya va Yevropa bilan sheriklikni yanada mustahkamlash niyatidamiz

TOSHKENT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, taʼlim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi.

Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeimizni saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatidamiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish