Jastin Ifu Lin: O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng barqaror va jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylandi

Avgust 24, 2026. 10:00 • 2 daq

90
Jastin Ifu Lin: O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng barqaror va jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylandi

PEKIN, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. Pekin universitetining Yangi tarkibiy iqtisodiyot instituti professori Jastin Ifu Lin O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali barcha yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:

– O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklayman. Bugungi kunda mamlakat Markaziy Osiyodagi eng barqaror va jadal rivojlanayotgan davlatga aylandi. Bu yutuq davlat rahbariyatining uzoqni ko‘zlagan va maqsadli siyosati natijasidir.

O‘zbekiston mintaqadagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida eʼtibor qaratib, hududiy muammolar yechimi va iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha ilg‘or tavsiyalarini taklif etmoqda. Shuningdek, ekologik tizimni yaxshilash bo‘yicha muhim tashabbuslar bilan chiqmoqda.

O‘zbekiston Xitoyning yaqin do‘stidir. Biz har qanday sharoitda ham har tomonlama strategik sheriklarmiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida mustahkam sheriklik yo‘lga qo‘yilgan. Bu iqtisodiy hamkorligimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda O‘zbekiston va Xitoy ekologik barqarorlikni taʼminlash, “yashil” texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energetika, sunʼiy intellekt kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Biz taraqqiyotga intilamiz hamda umumiy muammolarni yengib o‘tish va sanoat inqilobi taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalanish yo‘lida birgalikda ish olib bormoqdamiz.

O‘zbekistonning kelajagi porloq ekaniga ishonchim komil. Mamlakatning qulay jug‘rofiy joylashuvi, raqamli sunʼiy intellektning tatbiq etilishi, “yashil” transformatsiya hamda aholi sonining sezilarli darajada o‘sishi uning zamonaviy va rivojlangan davlatga aylanishiga imkon yaratmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish