O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusga keldi

Iyul 08, 2026. 19:48 • 46 soniya

32
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusga keldi

TOSHKENT, 8-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Belarus poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 9-iyul kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish