O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi
Aprel 21, 2026. 20:01 • 46 soniya
• 275
TOSHKENT, 21-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun Ostona shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, poytaxt aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 22-aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Salome Flores: Narkotahdidlarni jilovlashda sunʼiy intellekt va innovatsion tahlil usullarini qo‘llash zarur
Eksklyuziv•Aprel 23, 2026. 11:55
O‘zbekiston va Germaniyaning Tyuringiya federal o‘lkasi o‘rtasida kasbiy taʼlim va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Mehnat migratsiyasi•Aprel 23, 2026. 12:25
Polsha delegatsiyasi Toshkent va Samarqandda investitsiya va hamkorlik imkoniyatlarini o‘rgandi
Hamkorlik•Aprel 23, 2026. 11:02
Barchasi