Logo

Salome Flores: Narkotahdidlarni jilovlashda sunʼiy intellekt va innovatsion tahlil usullarini qo‘llash zarur

Aprel 23, 2026. 11:55 • 2 daq

70
Salome Flores: Narkotahdidlarni jilovlashda sunʼiy intellekt va innovatsion tahlil usullarini qo‘llash zarur

SAMARQAND, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi maʼlumotlar markazi rahbari Salome Flores “Dunyo” AAga Samarqandda o‘tkazilgan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum yuzasidan fikr bildirdi:

– Samarqand xalqaro forumi konferensiyasida fan, maʼlumotlar va innovatsiyalarga bag‘ishlangan sessiyani tashkil qilish uchun masʼul bo‘ldim.

Giyohvand moddalar savdosi haqida gapirganda, biz nimalar bo‘layotganini, tendensiyalarni, jinoiy bozorga oid turli raqamlar va maʼlumotlarni tushunishni istaymiz. Bizning markaz aynan tadqiqotlar o‘tkazish, yaʼni giyohvand moddalar bozorida nimalar sodir bo‘layotganini tushunish bilan shug‘ullanadi.

Giyohvand moddalar bozorini kuzatib borish uchun bizda anʼanaviy maʼlumotlar mavjud. Bu maʼlumotlar odatda milliy hokimiyat organlari, asosan huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan yig‘iladi. Lekin hozirda texnologiyalar, sunʼiy intellekt rivojlangan bir paytda, biz maʼlumotlar manbalarimizni ham yangilashimiz kerak.

Ushbu sessiyada giyohvand moddalar bozorini tushunish uchun qanday anʼanaviy maʼlumotlardan foydalanish lozimligi, samaradorlikni nazorat qilish va hukumat organlarining choralari qanchalik samarali ekani muhokama qilindi.

Uyushgan jinoiy guruhlar yangi moddalar va yo‘nalishlar bilan innovatsiyalar qilmoqda. Ular giyohvand moddalarni sotish va tarqatishda kiberfazodan qanday foydalanishni ham o‘rganmoqda. Shuning uchun biz ham huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa idoralarga maʼlumot berish uchun foydalanadigan maʼlumotlarimizni va ularni tahlil qilish usullarini yangilab borishimiz zarur.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish