O‘zbekiston Prezidenti Cho‘lponota shahriga keldi
Iyul 30, 2026. 14:32 • 50 soniya
• 99
TOSHKENT, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan bugun Qirg‘izistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Cho‘lponota shahridagi “Issiqko‘l” xalqaro aeroportida ularni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun yetakchilar muzokara davomida O‘zbekiston – Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qiladilar.
Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi