O‘zbekiston COP31 doirasida yangi iqlim tashabbuslari va yechimlarini taqdim etmoqda

Noyabr 11, 2026. 19:00 • 2 daq

• 30
O‘zbekiston COP31 doirasida yangi iqlim tashabbuslari va yechimlarini taqdim etmoqda
O‘zbekiston COP31 doirasida yangi iqlim tashabbuslari va yechimlarini taqdim etmoqda
O‘zbekiston COP31 doirasida yangi iqlim tashabbuslari va yechimlarini taqdim etmoqda

ISLOMOBOD, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonning xalqaro ekologik va iqlim tashabbuslari hamda uning Antaliya shahrida o‘tkazilayotgan COP31 sammitidagi ishtirokini keng yoritmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatning markaziy “Associated Press of Pakistan” axborot agentligi global iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonning daryobo‘yi ekosistemalariga qanday ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari bo‘ylaridagi, shuningdek, Aydar-Arnasay ko‘llar tizimi qirg‘oqlaridagi to‘qayzorlar bo‘yicha ko‘p yillik tadqiqotlarni yakunlashgan. Xususan, daraxtlarning yillik halqalari kengligi Amudaryoda 1949-yildagi 6,96 millimetrdan 2022-yilda 2,46 millimetrgacha, Sirdaryoda esa 1965–2022-yillar davomida 11,26 millimetrdan 1,95 millimetrgacha qisqargani qayd etilgan.

O‘z navbatida, “Pakistan in the World” nashrining maqolasida 9–20-noyabr kunlari o‘tkazilayotgan anjumanda mamlakatimiz iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyotga o‘tish borasidagi milliy tashabbuslarini namoyish etayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, O‘zbekistonning milliy paviloni asosiy maydonlardan biriga aylanishi, u yerda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, olimlar, biznes va yoshlar ishtirokida mavzuli tadbirlar rejalashtirilgani yoritilgan.

“News Network Pakistan” gazetasi esa COP31 sammitida ishtirok etish mamlakat iqlim diplomatiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etgan. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2035-yilga borib YIM hisobiga issiqxona gazlari chiqindilari intensivligini 2010-yil darajasiga nisbatan 50 foizga kamaytirish hamda 2055-yilga borib uglerod neytralligiga erishishni maqsad qilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish