O‘zbekiston Prezidenti AQShning investitsiyaviy xoldingi rahbarini qabul qildi

Oktabr 23, 2026. 15:25 • 58 soniya

• 26
O‘zbekiston Prezidenti AQShning investitsiyaviy xoldingi rahbarini qabul qildi

TOSHKЕNT, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda AQShning mazkur yetakchi korporatsiyasi bilan yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimiz yetakchisi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, qurilish sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda shahar infratuzilmasiga raqamli yechimlarni joriy etish nazarda tutilmoqda.

Muzokaralar yakunida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

“Eldridge Industries” aktivlarni boshqarish, sug‘urta, ko‘chmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yurituvchi AQShning investitsiyaviy xoldingidir. Boshqaruvida qiymati 75 milliard dollardan ziyod aktivlar mavjud.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish