O‘zbekiston Prezidenti Yashil iqlim fondi ijrochi direktorini qabul qildi

Noyabr 10, 2026. 23:15 • 2 daq

• 115
O‘zbekiston Prezidenti Yashil iqlim fondi ijrochi direktorini qabul qildi

TOSHKENT, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda bugun Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida iqlim o‘zgarishiga moslashish borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda iqlim moliyasi mablag‘larini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Jamg‘arma bilan sheriklik aloqalari mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 200 million dollardan oshdi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga chidamli landshaftlarni yaratish bo‘yicha mintaqaviy dastur ma’qullanganini olqishladi.

Mamlakatimiz moliya institutlarining fond resurslaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini ta’minlash, O‘zbekistonda iqlimga oid, shu jumladan, Orolbo‘yini ekologik jihatdan tiklash hamda “yashil” shaharlarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli investitsiya dasturini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida sheriklikni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish