O‘zbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi asoschisini qabul qildi
Oktabr 06, 2026. 18:41 • 46 soniya
• 3
TOSHKENT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Vagit Alekperov O‘zbekiston yetakchisiga kompaniya tomonidan mamlakatimiz energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati haqida batafsil axborot berdi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, neft mahsulotlari chakana savdosi tarmog‘ini rivojlantirish loyihalari shular jumlasidan.
Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha rejalar ham ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi