Baxtiyor Saidov: O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishda izchil rivojlanmoqda
Oktabr 06, 2026. 17:00 • 2 daq
• 141
TOSHKЕNT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jazoir tog‘-kon sanoati vaziri Murad Xanifi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tog‘-kon sanoati vaziri janob Murad Xanifini O‘zbekiston zaminida ko‘rishdan mamnunmiz, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Joriy yil iyun oyida Jazoirga amalga oshirgan tashrifimiz doirasida janob Xanifi bilan uchrashib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilgan edik. Bugungi muloqotimiz o‘sha uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Muzokaralarda mineral resurslarni geologik o‘rganish va istiqbolli konlarni o‘zlashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi