O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Oktabr 07, 2026. 19:15 • 2 daq
• 18
TOSHKENT, 7-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Rossiya Hukumatlararo komissiyasi va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mamlakatimiz yetakchisi kuni kecha bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Hududlar kengashining uchinchi yig‘ilishi natijador bo‘lganini olqishladi.
O‘zaro savdo hajmi barqaror o‘sib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya, tinch atom va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, sanoat zonalari doirasidagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘rish hamda hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi