Farg‘onada tarixda ilk bor «Sibir kunlari» global forumi bo‘lib o‘tdi

Oktabr 07, 2026. 18:30 • 2 daq

• 32

FARG‘ONA, 7-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi ma’muriyati bilan hamkorlikda 5–6-oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida tarixda ilk bor «Sibir kunlari» global forumini tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mazkur nufuzli tadbirda Rossiyaning to‘rtta sibir mintaqasi — Novosibirsk va Omsk viloyatlari, Krasnoyarsk hamda Oltoy o‘lkalari rahbarlari, shuningdek, Tomsk viloyati yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda ijodiy jamoalar ishtirok etdi.

Forumdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Sibir mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sanoat, ta’lim, madaniy va turistik aloqalarni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida Rossiya mintaqalari rahbarlari Farg‘ona viloyatidagi qator ishlab chiqarish korxonalari, logistika markazlari, jumladan, Quvasoy shahridagi «Crown Ceramics» keramogranit plitalari zavodi, Quva tumanidagi «KVARS» shisha idishlar korxonasi, «Quva-Agro Star» agrologistika majmuasi, shuningdek, «Fergana Global Textile» korxonasi va «Neftchi» futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, Farg‘ona davlat universitetida Sibir oliy o‘quv yurtlarining taqdimoti o‘tkazilib, akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim loyihalari bo‘yicha yangi shartnomalar imzolandi.

Forumning biznes qismida tomonlar savdo-iqtisodiy sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Natijada Farg‘ona viloyati va Krasnoyarsk o‘lkasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumlari, shuningdek, Surxondaryo, Namangan viloyatlari hamda Omsk va Krasnoyarsk o‘lkalari o‘rtasida agrosanoat majmuasi va investitsiya yo‘nalishlarida o‘zaro anglashuv hujjatlari imzolandi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Rossiyaning Omsk va Novosibirsk viloyatlarida o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga mo‘ljallangan yirik ulgurji-taqsimlash markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘z navbatida, Rossiyaning «ZDRAVMEDTEX-Aziya» korxonasi Chirchiq erkin iqtisodiy zonasida tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarib kelmoqda va yaqin kelajakda Farg‘ona viloyatida yangi quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish