O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Dekabr 29, 2025. 18:00 • 34 soniya
• 22
TOSHKENT, 29-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida mamlakatimiz yetakchisi va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, qardosh mamlakatlarimiz xalqlariga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga chiqqani, shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlik barcha ustuvor sohalarda izchil rivojlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi