Logo

Oktyabr oyida O‘zbekistonga Luksemburgning birinchi biznes-missiyasi tashrif buyuradi

Mart 27, 2026. 19:40 • 2 daq

39
Oktyabr oyida O‘zbekistonga Luksemburgning birinchi biznes-missiyasi tashrif buyuradi

LUKSЕMBURG, 27-mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Beniluks mamlakatlaridagi elchisi G‘ayrat Fozilovning Luksemburg Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy departamenti rahbari Veronika Dokendorf bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston va Luksemburg o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar muzokaralar diqqat markazida bo‘ldi. Xususan, suhbat davomida siyosiy muloqotni chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Ayniqsa, oliy va yuqori darajadagi aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish muhim amaliy qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokamaning markazida bo‘ldi. Tomonlar 2026-yil oktyabr oyida O‘zbekistonda Luksemburgning birinchi biznes-missiyasini o‘tkazishga kelishib oldilar. Ushbu qaror luksemburglik hamkorlarning O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan yuqori qiziqishini va uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini namoyon etadi.

Tomonlar BMT va Yevropa Ittifoqi doirasida, jumladan ko‘p tomonlama formatlarda tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha ham yaqin hamkorlik qilishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish