AQShda yashovchi yaponiyalik san’atkor o‘zbek xalqini Davlat tili bayrami bilan tabrikladi

Oktabr 26, 2026. 13:00 • 36 soniya

• 84
AQShda yashovchi yaponiyalik san’atkor o‘zbek xalqini Davlat tili bayrami bilan tabrikladi

SIETL, 26-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi O‘zbek tili bayrami munosabati bilan AQShda o‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib qilib kelayotgan yaponiyalik san’atkor va xoreograf Emiko Nakamura ishtirokida videotabrik tayyorladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Emiko Nakamura o‘zbek xalqiga o‘z hurmat va muhabbatini izhor etib, o‘zbek tilida iliq tilaklarini bildirdi. Shuningdek, san’atkor o‘zbek tilida o‘zining sevimli she’rini ifodali tarzda o‘qib berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish