O‘zbekiston Prezidenti “Lotte Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Sentabr 15, 2026. 15:29 • 2 daq
• 92
TOSHKENT, 15-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida bugun “Lotte Group” raisi Shin Don Binni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi kompaniya Koreyaning mamlakatimizdagi eng yirik investorlaridan biri ekanini, ko‘p yillardan buyon samarali hamkorlik olib borilayotganini taʼkidladi. Ustyurt gaz-kimyo majmuasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani alohida qayd etildi.
Yurtimizda Koreyaning ilg‘or texnologiyalari asosida developerlik loyihalarini amalga oshirish masalalari hamda mis folgasi ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Prezidentimiz kompaniyaning mamlakatimizdagi turizm markazlarini boshqarish va mehmonxona biznesida xizmatlar sifatini oshirish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.
Yakunda ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilib borish maqsadida ishchi guruh tuzish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi