Serbiya prezidenti 27-sentyabr kuni isteʼfoga chiqish niyatida
Sentabr 15, 2026. 15:23 • 2 daq
• 27
BELGRAD, 15-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 27-sentyabr kuni davlat rahbari lavozimini tark etishi, shundan so‘ng navbatdan tashqari parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishda oddiy fuqaro sifatida ishtirok etishini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“27-sentyabr kuni men prezidentlik vakolatlarimni zimmamdan soqit qilaman”, – dedi u “Pink” telekanali efirida.
U shundan so‘ng prezidentlik lavozimidan tashqarida parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishga eʼtibor qaratishini aytdi.
9 sentyabr kuni Aleksandr Vuchich Serbiyaning bir palatali parlamenti – Xalq skupshinasini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi va muddatidan oldingi saylovlarni 25-oktyabrga belgiladi.
Hukmron Serbiya taraqqiyparvar partiyasi raisi Milosh Vuchevich bo‘lajak prezident saylovlarda partiya ro‘yxatiga boshchilik qilishini va bosh vazir lavozimiga ushbu siyosiy kuchning nomzodi bo‘lishini aytdi.
Serbiyada muddatidan oldingi saylovlar 2024-yil noyabr oyida Novi-Sad shahridagi temir yo‘l vokzalida bostirma qulab, 16 kishi halok bo‘lganidan keyin boshlangan, hukumatga qarshi davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida bo‘lib o‘tadi.
Aleksandr Vuchich 2014-yildan 2017-yilgacha Serbiya bosh vaziri lavozimida ishlagan. U 2017-yilda prezident etib saylangan va 2022-yilda qayta saylangan. Uning amaldagi prezidentlik muddati 2027-yil may oyida tugaydi. Serbiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident o‘z lavozimini ko‘pi bilan ikki marta besh yillik muddatga egallashi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi