O‘zbekiston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Avgust 28, 2026. 13:50 • 2 daq

32
O‘zbekiston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

TOSHKENT, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mahobatli majmuada xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, buyuk allomalarimiz va jahongir ajdodlarimizning siymolari, yurtimiz taraqqiyotidagi muhim voqealar o‘z ifodasini topgan. Monument cho‘qqisidagi Humo qushi ozodlik va ezgulik g‘oyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.

Vatanimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish