Xitoy jurnalining maxsus soni O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlandi
Avgust 28, 2026. 14:03 • 2 daq
• 7PEKIN, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoyda “Lookwe” jurnalining O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘quvchilar e’tiboriga ingliz va xitoy tillarida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy, madaniy va boshqa bir qator sohalarda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning salmoqli natijalari havola etilgan.
Xususan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik, O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, oliy ta’lim va yoshlar sohasidagi davlat siyosati hamda mamlakatimizning boy madaniy va sayyohlik salohiyati kabi dolzarb mavzular qamrab olingan.
Nashrda O‘zbekiston Prezidentining Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqining to‘liq matni o‘quvchilarga taqdim etilgan.
Jurnalning alohida bobi Sirdaryo viloyatining investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan.
“Lookwe”, shuningdek, o‘zbek milliy taomlarining xilma-xilligi, boy madaniyati va san’ati, milliy sport turlari va O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari bilan tanishtiradi.
Jurnal Xitoy vazirlik va idoralari, diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, mamlakatning yirik kompaniyalari, tahlil markazlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida tarqatilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

