Antaliya shahrida O‘zbekiston Prezidenti Bangladesh Bosh vaziri bilan uchrashdi
Noyabr 11, 2026. 18:56 • 55 soniya
• 9
TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi sessiyasi doirasida bugun Bangladesh Bosh vaziri Toriq Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, samimiy muloqotda O‘zbekiston – Bangladesh munosabatlarini yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalar jadal tus olgani, tovar ayirboshlash hajmi o‘sgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va uni amaliy mazmun bilan boyitish, jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy sheriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga kelishib olindi.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi