Markaziy Osiyo va Ozarbayjon Prezidentlari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining ochilish marosimida ishtirok etdilar
Iyul 30, 2026. 20:12 • 54 soniya
• 17
TOSHKENT, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Cho‘lponota shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdilar. Yangi majmua golfni ommalashtirish, sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Davlat rahbarlari qardosh Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va xalqini yangi obyektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi