O‘zbekiston va Finlyandiya Prezidentlari hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar

Noyabr 11, 2026. 16:15 • 55 soniya

• 133
O‘zbekiston va Finlyandiya Prezidentlari hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 31-konferensiyasi doirasida bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Aleksandr Stubbning o‘tgan yili O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, metallurgiya, energetika va geologiya sohalaridagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish hamda ekologiya va suv resurslari sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

2027-yil boshida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish