O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari telefon orqali muloqotda mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlarini, bo‘lajak tadbirlar rejalarini muhokama qildilar
Fevral 10, 2026. 20:50 • 38 soniya
• 4
TOSHKENT, 10-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlash surʼati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
