Belarus OAV: Toshkentning “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb e’lon qilinishi o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi

Noyabr 24, 2026. 14:00 • 2 daq

• 19
Belarus OAV: Toshkentning “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb e’lon qilinishi o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi
Belarus OAV: Toshkentning “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb e’lon qilinishi o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi

MINSK, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Belarusning sohaviy va axborot nashrlarida O‘zbekiston poytaxtiga “2027 yilda Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomi berilganiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Belarus turistik tashkilotlari respublika ittifoqi (RSTO) portalida “Toshkent — 2027-yilda Turkiy dunyoning turizm poytaxti” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda Istanbulda bo‘lib o‘tgan tantanali marosim haqida so‘z yuritilib, mazkur tadbirda O‘zbekiston 2026-yilda ushbu unvonga egalik qilgan Anqaradan estafetani qabul qilib olgani qayd etilgan. 

Belaruslik jurnalistlarning qayd etishicha, yangi maqom Toshkentning madaniy-tarixiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, gumanitar almashinuvlarni kengaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Nashrlarda 2027-yilga mo‘ljallangan xalqaro forumlar, ko‘rgazmalar va madaniy festivallar dasturi haqida ham ma’lumot berilgan.

Sohaviy media nashrlari Toshkentga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini turizm sohasidagi O‘zbekiston – Belarus muloqoti faollashgani bilan ham bog‘lamoqda. Ularning fikricha, ushbu yangi maqom II O‘zbekiston – Belarus turizm forumi hamda “Ipak yo‘lida turizm” 31-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi arafasida belaruslik turoperatorlar uchun qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida yangi imkoniyatlar ochadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish