Xitoy delegatsiyasi O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rgandi

May 12, 2026. 14:55 • 2 daq

50

TOSHKENT, 12-may. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni Qishloq xo‘jaligi departamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etilgan tashrif doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda oliy taʼlim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralarda “aqlli” qishloq xo‘jaligi yutuqlarini joriy etish, jumladan, ipakchilik tarmog‘iga innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda ixtisoslashtirilgan kasb-hunar taʼlimi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni Navoiy davlat universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini faollashtirish, qisqa muddatli treninglar tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Guansi-Chjuan avtonom rayoni Xitoyning janubida joylashgan bo‘lib, 50 milliondan ziyod aholiga ega mamlakatning eng yirik hududlaridan biri sanaladi. Viloyatning maʼmuriy markazi Nannin shahri.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Guansi yalpi ichki mahsuloti hajmi 450 milliard dollarni tashkil etgan. Metallurgiya, kimyo sanoati, avtomobilsozlik va agrar sektor mintaqa iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Bundan tashqari, Guansi tropik mevalar yetishtirish bo‘yicha Xitoyda yetakchi o‘rinni egallaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish