Pokiston OAV: Namanganda o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivali Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin

May 12, 2026. 14:00 • 2 daq

17
Pokiston OAV: Namanganda o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivali Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin
Pokiston OAV: Namanganda o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivali Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin
Pokiston OAV: Namanganda o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivali Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin

ISLOMOBOD, 12-may. /“Dunyo” AA/. Pokistonning «Associated Press of Pakistan» axborot agentligi, «Islamabad Post» gazetasi, «The world News», «Infora News» va «World News Pakistan» kabi ommabop elektron nashrlarida Namanganda o‘tkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivaliga bag‘ishlangan maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrlarda shu yil 24-may12-iyul kunlari Namanganda har yili anʼanaviy ravishda o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tishi taʼkidlangan.

«Xalqaro gullar festivali ilk bor 1961 yil avgust oyida Namangan shahrida o‘tkazilgan, – deyiladi maqolada. – Dastlab mazkur tadbir gullar ko‘rgazmasi shaklida o‘tkazilgan. Unda mahalliy bog‘bonlar va gul yetishtiruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etgan. Festival 2018-yilda xalqaro maqomga ega bo‘lgandan so‘ng gullar bayramiga turli davlatlardan mehmonlar va ishtirokchilar kela boshladi. Bugungi kunda festival O‘zbekistonning eng yirik va mashhur xalqaro madaniy bayramlaridan biriga aylangan».

Pokiston OAV yozganidek, yildan yilga yuksalib borayotgan Xalqaro gullar festivali bu gal yubiley, 65-marotaba tashkil etiladi. O‘tgan yillar davomida ushbu nufuzli tadbir nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida ham o‘ziga xos brend maqomini oldi.

«Bu galgi yubiley festivalda 50 dan ortiq mamlakatdan qariyb 1 million nafar xorijiy sayyoh hamda 7 milliondan ziyod mahalliy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda, – deb xabar qilingan manbalarda. – Qariyb 50 kun davom etadigan gullar bayrami doirasida 150 dan ortiq madaniy-maʼrifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. Yana bir eʼtiborli jihati, bu yilgi festival eng ko‘p gul ekish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin».

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish