Rossiya OAV O‘zbekiston terma jamoasining shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasi haqida yozmoqda

Sentabr 29, 2026. 16:00 • 2 daq

• 101

MOSKVA, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. “Kommersant’”, “RIA Novosti”, “Sovetskiy sport”, “Bolshaya Aziya”, “Moskovskiy komsomoles” kabi yetakchi Rossiya ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston erkaklar shaxmat terma jamoasining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alabasini keng yoritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolalarda ta’kidlanishicha, 2022-yilda Chennayda qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal katta sensatsiya va yosh jamoaning muvaffaqiyati sifatida qabul qilingan bo‘lsa, Samarqanddagi bu galgi g‘alaba o‘zbekistonlik o‘yinchilarning jahon miqyosidagi tajribali grossmeysterlarga aylanganini ko‘rsatdi.

OAV musobaqa miqyosiga alohida e’tibor qaratgan. Qayd etilishicha, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi FIDЕ tarixidagi eng yirik musobaqa bo‘lib, unda 400 ta jamoa ishtirok etdi.

Bundan tashqari, rossiyalik tahlilchilar va ekspertlar O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirishga davlat miqyosida tizimli yondashilayotganini, shuningdek, bundan oldin 2026-yilgi Da’vogarlar turnirida g‘olib chiqqan va Gukesh Dommaradjuga qarshi shaxmat toji uchun o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan Javohir Sindarov kabi yetakchilarning yuqori salohiyatini alohida qayd etdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish