Rossiya matbuoti: O‘zbekiston 2030-yilgacha 20 million sayyohni jalb etishni maqsad qilgan

Iyul 01, 2026. 08:55 • 2 daq

46
Rossiya matbuoti: O‘zbekiston 2030-yilgacha 20 million sayyohni jalb etishni maqsad qilgan

YEKATERINBURG, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. “Otdix Today” turistik axborot portalida “O‘zbekiston rekord darajadagi 11,7 million sayyohni qabul qildi” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati turizm sohasida rekord ko‘rsatkichlarni qayd etgan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatga 11,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 47 foizga ko‘pdir. Birgina 2026-yilning dastlabki besh oyida respublika 4,7 millionga yaqin sayyohni qabul qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya O‘zbekiston uchun asosiy sayyohlik bozorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda mamlakatga 1,15 million nafardan ortiq rossiyalik tashrif buyurdi. Bu esa Rossiyani respublika uchun eng yirik xorijiy turizm bozorlaridan biriga aylantirdi.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlar oqimining o‘sishi sohani rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, sayohat uchun shart-sharoitlarni soddalashtirish va transport aloqalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli davlat dasturlari natijasidir.

Mamlakatlar o‘rtasidagi transport aloqalarining faol kengayishi turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida haftasiga 200 dan ortiq muntazam aviaqatnov amalga oshirilmoqda.

“Otdix Today”xulosasida yozishicha, turizmni rivojlantirish O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2030-yilga qadar mamlakat har yili keladigan xorijiy sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkazishni maqsad qilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish