Samarqandda yosh parlamentariylarning jahon konferensiyasi o‘tkaziladi
Avgust 26, 2026. 21:00 • 1 daq
• 48
QOHIRA, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. Misrning “Al Diplomasy” axborot agentligi 4–6-sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoq Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasiga bag‘ishlangan maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, anjumanda 183 mamlakatdan qariyb 300 nafar vakil, shuningdek, 15 ta xalqaro tashkilot delegatlari va 50 nafarga yaqin doimiy kuzatuvchi ishtirok etadi.
Konferensiya kun tartibidan yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularning siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish hamda zo‘ravonlikning oldini olish masalalari o‘rin olgan.
Tadbir doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikka bag‘ishlangan 3-Global forum ham o‘tkaziladi. Konferensiya yakunida yosh parlamentariylarning tavsiyalarini o‘z ichiga olgan yakuniy hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 6-sentyabr kuni ishtirokchilar uchun Samarqandning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishishga qaratilgan madaniy dastur tashkil etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi