“Agrobank” ATB vakillari “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etmoqda
Avgust 05, 2026. 19:30 • 59 soniya
• 92TOSHKENT, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. “Agrobank” ATB yurtimizda eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bugun bank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimlari o‘rinbosarlari, bandlik sohasi rahbarlari, tijorat banklari, Mahalla uyushmasi hamda “Agrostar” kompaniyasi vakillari qatnashdi.
Seminarning asosiy maqsadi – mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirishdan iborat.
Shu bilan birga, “Agrostar” kompaniyasi bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribani keng ommalashtirish, uni boshqa hududlarda samarali joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish asosiy vazifalardan biridir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

