O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi

Noyabr 09, 2026. 14:00 • 2 daq

• 33
O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi

TOSHKЕNT, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy terma jamoamiz 12-noyabr kuni Toshkentda Rossiya bilan, 17-noyabr kuni esa Doha shahrida Saudiya Arabistoni qarshi maydonga tushadi.

Qaydnomadan yangi futbolchilar ham o‘rin olgan. Himoyachi Abduqodir Husanov tiklanish jarayonini davom ettirishi uchun bu safargi yig‘inda ishtirok etmaydi. 

Terma jamoa murabbiylar va tibbiy shtabi himoyachimizning holatidan kelib chiqib, uning tiklanish jarayonlarini davom ettirish maqsadida futbolchini yig‘inga jalb etmaslikka qaror qildi.

Jamoa sardori Eldor Shomurodov oilaviy sabablarga ko‘ra yig‘inning dastlabki kunlarini o‘tkazib yuboradi.

Darvozabonlar

Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Vladimir Nazarov (“Paxtakor”), Edem Nemanov (“Dinamo Samarqand”), Samandar Muratbayev (“Nasaf”).

Himoyachilar

Rustamjon Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Jahongir O‘rozov (“Rubin”, Rossiya), Behruzjon Karimov (“Lugano”, Shveysariya), Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”), Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”), G‘iyosjon Rizaqulov (“Qizilqum”), Mahmudjon Mahamadjonov (“Dinamo” Maxachqala, Rossiya), Dilshod Murtozoyev (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar

Odiljon Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Azizbek To‘lqunbekov (“Bunyodkor”), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Azizjon G‘aniyev (“Baniyas”, BAA), Sherzod Esanov (“Buxoro”), Umarali Rahmonaliyev (“Sabah”, Ozarbayjon), Diyor Xolmatov (“Navbahor”), Behruz O‘ktamov (“Surxon”), Abrorbek Ismoilov (“Neftchi”), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Jasur Jaloliddinov (“Navbahor”), Abbos Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (“OKMK”), Aziz Xolmurodov (“OKMK”).

Hujumchilar

Eldor Shomurodov (Istanbul Bashakshehir, Turkiya), Husayn Norchayev (Navbahor), Azizbek Amonov (Dinamo Samarqand).

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish