Buyuk Britaniyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etildi
Oktabr 07, 2026. 08:10 • 2 daq
• 75LONDON, 7-oktabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan “FPC Fresh Awards 2026” ko‘rgazmasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ko‘rgazmada ishtirokchilar e’tiboriga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, “Quva AgroStar”, “Seven Hills Agro”, “Global Export”, “Gardencells”, “Nishon Agro Logistik Tomorqa Xizmati” kabi mahalliy kompaniyalar tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan sabzavot, meva, quritilgan mahsulot hamda dukkakli ekinlar taqdim etildi.
Mahsulotlar “Made in Uzbekistan” yagona brendi ostida namoyish etilgani yuqori sifatli va raqobatbardosh o‘zbek tovarlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Shuningdek, tadbir munosabati bilan chop etilgan maxsus “Winners' Brochure” taqdimot materiallarida O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarining eksport salohiyati va imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot-reklama ma’lumotlari ham joy oldi.
Ko‘rgazma yakunlari bo‘yicha o‘zbek mahsulotlariga qiziqish bildirgan xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, eksport shartnomalarini tuzish hamda Buyuk Britaniya bozoriga yetkazib berishni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


