Ozarbayjonda o‘zbek kompaniyasi shou-rumi ochildi

Sentabr 21, 2026. 08:10 • 59 soniya

310
Ozarbayjonda o‘zbek kompaniyasi shou-rumi ochildi
Ozarbayjonda o‘zbek kompaniyasi shou-rumi ochildi

GANJA, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjonning ikkinchi yirik shahri Ganjada O‘zbekistonning “Premier” kompaniyasiga tegishli elektrotexnika mahsulotlari shou-rumi va savdo markazi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ganjada filialning ochilishi shaharning iqtisodiy salohiyati va Ozarbayjonning yirik savdo-sanoat markazlaridan biri sifatidagi rolini hisobga olgan holda, kompaniyaning Bokudan tashqarida savdo tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha birinchi qadami bo‘ldi.

Yangi shou-rum O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlarini bevosita iste’molchilarga yetkazib berish, kelgusida esa mamlakatning qo‘shni hududlarga eksport hajmini kengaytirish imkonini beradi.

Ochilish marosimi doirasida “Premier” mahsulotlari assortimenti, kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va Ozarbayjonda savdo tarmog‘ini yanada rivojlantirish rejalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda milliy brendlarni tashqi bozorlarda targ‘ib qilish muhimligi ta’kidlandi. “Premier” kompaniyasi faoliyatining Ozarbayjonda kengayishi ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishning amaliy namunasi sifatida baholandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish