Qozog‘iston Senati O‘zbekiston bilan davlat chegarasi rejimi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Iyun 15, 2026. 17:30 • 2 daq

56
Qozog‘iston Senati O‘zbekiston bilan davlat chegarasi rejimi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

OSTONA, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston parlamenti Senati deputatlari 11-iyun kuni Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi davlat chegarasi rejimi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Qozog‘istonning “Zakon.kz” portaliga tayanib.

Hujjat davlat chegarasi va chegara belgilarini saqlash, shaxslar, transport vositalari va yuklarning chegarani kesib o‘tishi, parvozlarni amalga oshirish, chegara mintaqasida xo‘jalik ishlarini olib borish tartibini, shuningdek, chegara hodisalarining oldini olish va hal qilish mexanizmlarini belgilaydi.

Bitim 2001-yil 16-noyabrdagi Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish va 2022-yil 22-dekabrdagi bitim bilan rasmiylashtirilgan Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini demarkatsiya qilish jarayonini yakunlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, hujjat ikki davlat davlat chegarasidagi munosabatlarni tartibga solishning yagona xalqaro-huquqiy asosini shakllantiradi hamda milliy xavfsizlikni mustahkamlash, chegaraoldi hamkorlikni rivojlantirish, tegishli idoralar o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Senati Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan mamlakatda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston uchun BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish