Shaxmat olimpiadasi yakuniga 3 tur qoldi, hozircha O‘zbekiston yetakchi

Sentabr 25, 2026. 13:00 • 2 daq

• 116

SAMARQAND, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hal qiluvchi bosqichga kirdi: 11 turdan iborat musobaqaning 8 turi yakunlanib, sovrinli o‘rinlar uchun kurash tobora keskin tus olmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

8-turda Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidovdan iborat O‘zbekiston-1 jamoasi Germaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov Vinsent Kaymer bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindorov Bluyebaum ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov Frederik va Rasmus Sveynsga mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, Germaniya O‘zbekistonni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

8-turdan so‘ng O‘zbekiston-1 14 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Germaniya ham 14 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Xitoy, Niderlandiya, AQSh, Ozarbayjon, Hindiston, Fransiya, Armaniston va O‘zbekiston-2 jamoalari 13 ochkodan to‘plagan.

O‘zbekiston-1 ayollar jamoasi uchun 8-tur muvaffaqiyatli yakunlandi. Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva va Guldona Karimovadan iborat jamoa Niderlandiya vakillarini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija O‘zbekiston ayollar jamoasining sovrinli o‘rinlar uchun imkoniyatlarini yanada mustahkamladi.

9-tur oldidan Xitoy ayollari 15 ochko bilan peshqadam edi. Qozog‘iston, Armaniston va Mo‘g‘uliston 14 ochkodan, Hindiston, O‘zbekiston-1 va Gruziya esa 13 ochkodan jamg‘argan.

Bugun olimpiadaning 9-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi AQSh bilan, ayollar jamoasi esa Hindiston bilan bahslashadi.

Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston-2 Niderlandiyaga qarshi maydonga chiqsa, O‘zbekiston-3 Qirg‘iziston bilan kuch sinashadi.

Ayollar musobaqasida O‘zbekiston-2 Islandiya, O‘zbekiston-3 esa Italiya jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Olimpiada 27-sentabrga qadar davom etadi. Musobaqa yakuniga qadar yana uch tur bahslari qoldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish