Qirg‘iziston OAV: Tadbirkorlik O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tayanchiga aylanmoqda
Avgust 20, 2026. 20:00 • 2 daq
• 79
BISHKEK, 20-avgust. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning “Alliance-press” portalida O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti so‘nggi besh yilda muammolarni hal etishga qaratilgan muloqot maydonidan iqtisodiy siyosatning muhim mexanizmlaridan biriga aylangani yozilgan.
Shu bilan birga, biznes yuritish shartlarini takomillashtirish, soliq maʼmurchiligi, kreditlash va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish tizimidagi o‘zgarishlarga eʼtibor qaratilgan.
Nashrda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan beshta ochiq muloqot natijalari tahlil qilinib, pandemiya davrida biznesni qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, eksportni rag‘batlantirish va startaplarni rivojlantirishgacha bo‘lgan choralar alohida eʼtirof etilgan.
Xususan, QQS stavkasining 12 foizga tushirilgani, mikrobiznes va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliqning 1 foizlik imtiyozli rejimi joriy etilgani taʼkidlangan.
Materialda xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni sezilarli darajada oshgani ham qayd etilgan. Jumladan, o‘rta va yirik korxonalar soni besh yil davomida ikki barobar ko‘paygani tadbirkorlik muhitida barqaror o‘sish kuzatilayotganidan dalolat berishi qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi