Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va BMTTDning mamlakatimizdagi rahbari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildi

Mart 31, 2026. 21:00 • 58 soniya

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va BMTTDning mamlakatimizdagi rahbari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 30-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi rahbari Akiko Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida amaldagi hamkorlik darajasiga yuqori baho berildi hamda uni yanada mustahkamlashga ishonch bildirildi.

Xususan, “yashil” iqtisodiyot va ekologik tashabbuslarni ilgari surish, Orolbo‘yi mintaqasida loyihalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, kiberxavfsizlik va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratish taklif etildi.

Tomonlarning hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga o‘zaro tayyor ekanligi tasdiqlandi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish