O‘zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniyada sug‘urta sohasida malaka oshirdi
Fevral 12, 2026. 16:50 • 35 soniya
• 52
LONDON, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida Buyuk Britaniyaning “MBF Academy” tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari rahbar xodimlari uchun malaka oshirish dasturi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ishtirokchilar “Sug‘urta sohasida boshqaruv va risklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusidagi dastur doirasida sug‘urta sohasida strategik boshqaruvning ilg‘or tajribalari, korporativ xatarlarni baholash va boshqarish, savdo samaradorligini oshirish tajribasi bilan tanishdi.
Shu bilan birga, xatarlarni professional boshqarish, IFRS standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni yuritish, xalqaro standartlar va xorijiy kompaniyalar ish uslubidan xabardor bo‘ldi.
Bundan tashqari, elchixonada kurs tinglovchilari uchun diplomatik missiya vakillari ishtirokida malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
