Logo

O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari telefonda muloqot qildi

Dekabr 30, 2025. 17:06 • 35 soniya

67
O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari telefonda muloqot qildi

TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblari bilan telefon orqali suhbatimiz samarali bo‘ldi, – deb fikr bildirdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Bugungi muloqotimizda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da boyitishga qaratilgan umumiy ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qildik. 2025-yilda yuqori natijalarga erishildi va 2026-yilda bundan-da keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishni maqsad qildik.

Qo‘shni davlatlarimiz bilan yana-da farovon va hamkorlikka asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lidagi konstruktiv muloqotlar ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qolmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish