AQSH, Eron va Livan o‘rtasida sulhga rioya etilishi bo‘yicha qo‘shma qo‘mita tuziladi
Iyul 01, 2026. 20:00 • 2 daq
• 10
BAYRUT, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Tehron, Vashington va Bayrut Livan hududida o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya qilish bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh tuzish niyatida, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “TASS”ga tayanib.
“Livan davlat suverenitetini taʼminlash maqsadida Eron, AQSH va Livandan iborat qo‘shma qo‘mita tuziladi. Mamlakatimiz elchisi ayni paytda ushbu qo‘mitadagi vakilimiz hamdir”, – dedi Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington va Tehron barcha jabhalarda, jumladan, Livanda ham jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bir kun avval Isroil harbiylari tomonidan bosib olingan Livan janubiy hududiga tashrif buyurib, Eron qo‘llab-quvvatlaydigan “Hizbulloh” harakati tahdid solishda davom etar ekan, Isroil mamlakat janubidan chiqib ketmasligini maʼlum qildi.
O‘tgan hafta Isroil va Livan hukumatlari AQSH vositachiligida xavfsizlik kelishuviga erishgan edi, unga muvofiq Isroil ikkita hududni Livan armiyasiga topshirishi lozim.
“AFP” agentligi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi