Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Iyul 01, 2026. 19:00 • 2 daq
• 103JAKARTA, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Indoneziya poytaxtidagi “Kempinski Grand” mehmonxonasida “Umra plyus O‘zbekiston” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston, Indoneziya, Malayziya, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Marokash kabi davlatlardan 400 dan ortiq turizm kompaniyalari, turoperatorlar hamda soha mutaxassislari jam bo‘ldi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi Umra va ziyorat turizmi yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi turistik mahsulotlarni keng targ‘ib qilish hamda manfaatli biznes aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbirning ochilish marosimida Indoneziya savdo vaziri o‘rinbosari Dyax Putri qatnashib, “Umra plyus O‘zbekiston” loyihasi haqida so‘z yuritdi.
Anjuman doirasida “Umra plyus O‘zbekiston” loyihasi hamda yurtimizning boy turistik salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus taqdimot namoyish etildi. Marosim davomida ramziy lenta kesilib, xalqaro ko‘rgazmaga rasman start berildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, mamlakatimizning Indoneziyadagi elchixonasi hamda qator mahalliy sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston pavilyonida mamlakatimizning betakror tarixiy-madaniy merosi, ulkan ziyorat turizmi salohiyati, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi jahon tamadduni markazlari, yurtimizda yaratilgan zamonaviy va xavfsiz turizm infratuzilmasi xorijlik hamkorlarga keng tanishtirildi.
Taqdimotlardan so‘ng ishtirokchi kompaniyalar va turoperatorlar o‘rtasida o‘zlariga ajratilgan pavilyonlarda B2B formatida biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muloqotlar davomida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ziyorat turizmi yo‘nalishidagi istiqbolli dasturlar yuzasidan qator muhim kelishuvlarga erishildi.
Ko‘rgazmadavomida faol ishtirok etgan tashkilot va kompaniyalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, “Umra plyus O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ziyorat turizmi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini global maydonda munosib targ‘ib etishda g‘oyat muhim va samarali platforma vazifasini o‘tamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


