Namangan va Minsk talabalari O‘zbek tili bayramini birgalikda nishonladi

Oktabr 26, 2026. 19:30 • 58 soniya

• 40
Namangan va Minsk talabalari O‘zbek tili bayramini birgalikda nishonladi
Namangan va Minsk talabalari O‘zbek tili bayramini birgalikda nishonladi
Namangan va Minsk talabalari O‘zbek tili bayramini birgalikda nishonladi

MINSK, 26-oktabr. /“Dunyo” AA/. Belarusdagi O‘zbekiston Madaniyat markazida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “Ikki shahar – bir do‘stlik tili” nomli tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda minsklik hamda onlayn ravishda namanganlik talabalar ishtirok etdi. Madaniy dastur doirasida belaruslik talabalar “Batleyka” qo‘g‘irchoq teatri an’analari asosida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishini namoyish etdilar.

“Olti buyum – olti so‘z – olti tarix” loyihasi doirasida yoshlar do‘ppi, lavh, piyola, Chust pichog‘i, xonatlas va o‘zbek noni kabi milliy timsollar haqida so‘z yuritdilar. Ishtirokchilar Alisher Navoiy g‘azallarini o‘zbek va rus tillarida o‘qib, Minsk hamda Namangan shaharlariga oid intellektual viktorinada qatnashdilar.

Ushbu uchrashuv til xalqlarni birlashtiruvchi va ma’naviy qadriyatlarni saqlovchi muhim ko‘prik ekanini yana bir bor namoyish etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish