O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari JBTning global forumi doirasida memorandum imzoladi
Sentabr 10, 2026. 15:30 • 54 soniya
• 2
MOSKVA, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. Toshkentda 7–9-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan Jahon bojxona tashkilotining (JBT) VII Global kinologiya forumi doirasida O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Rossiyaning TASS axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, hujjat O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Rossiya Federal bojxona xizmatining kinologiya bo‘limi o‘rtasida tuzilgan.
Memorandum tomonlarning hozirgacha erishgan kelishuvlari va istiqboldagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan ushbu forumda 50 dan ortiq mamlakat bojxona xizmatlari vakillari ishtirok etdi. Anjuman qatnashchilari sohadagi dolzarb muammolar, bojxona xavfsizligi, kinologlarni tayyorlash hamda xizmat itlaridan samarali foydalanish va ularni o‘rgatish masalalarini muhokama qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi