AQSHdan deportatsiya qilingan vatandoshlar navbatdagi charter reys orqali Toshkentga keldi

Iyun 11, 2026. 17:30 • 2 daq

87
AQSHdan deportatsiya qilingan vatandoshlar navbatdagi charter reys orqali Toshkentga keldi

TOSHKЕNT, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. Amerika migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 24 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan AQSHdan uchgan charter reys bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vatandoshlarning qaytarilishi O‘zbekiston va AQSH vakolatli idoralarining kelishilgan hamkorligi natijasidir. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash kabi barcha tashkiliy-huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olindi.

O‘zbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni doimiy asosda davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni Stokgolmdan charter reys bilan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga olib kelingan edi.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish