Toshkent viloyati anʼanaviy “Uzum sayli” festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Avgust 11, 2026. 14:30 • 49 soniya
• 33
TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda joriy yilning 21–22-avgust kunlari Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” festivalini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Festivalda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan fermer xo‘jaliklari, enoturizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi.
Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vinochilik sanoati xalqaro brendlarining ko‘rgazmalari, shuningdek, uzumchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya va forumlar bo‘lib o‘tadi.
Festivalning madaniy dasturidan milliy folklor jamoalari va estrada xonandalarining chiqishlari, shuningdek, xalq urf-odatlari va anʼanalarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli tadbirlar o‘rin olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi